Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

«Gazeta.uz» muxbiri xabar berishicha, davlat rahbari bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmasligini ta’kidlagan.

«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi. Bosh shifokorlar, vrach yoki boshqa tibbiyot xodimlari ularga tegishli bo‘lmagan birorta qo‘shimcha ishlarga jalb qilinmaydi. Prezident va bosh vazirdan boshqa birorta rahbar vazir va uning o‘rinbosarlarini yig‘ilishlarga chaqirishi taqiqlanadi. Bu talab joylarda hokimlarga ham tegishli», — dedi prezident.

«Men o‘zim vazir Abduxakim Xadjibayevni tanladim. Vazir qat’iy va talabchan bo‘lishi lozim. U tizimdagi vaziyatni yaxshi biladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.