Siyosat

Prezident Konstitutsiyaga o‘lim jazosini taqiqlash bo‘yicha norma kiritishni taklif qildi
20 iyun 2022, 12:23

Prezident Konstitutsiyaga o‘lim jazosini taqiqlash bo‘yicha norma kiritishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zarurati nimadaligini tushuntirdi
20 iyun 2022, 11:27

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zarurati nimadaligini tushuntirdi

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zaruratiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tahlikali zamonda O‘zbekistonda insonning yuksak o‘rni va qadrini, mamlakat uchun qanday qadriyat va manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligini «Konstitutsiyada aks ettirish — davr taqozosidir».

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
19 iyun 2022, 21:24

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Hodisa oqibatida Bangladesh va Hindistonda kamida 42 kishi vafot etgani aytilmoqda.

Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston TIV rahbari v.b. bilan uchrashdi
19 iyun 2022, 20:35

Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston TIV rahbari v.b. bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment, bosh vazirga ishonchsizlik votumi — Konstitutsiyaga takliflar
18 iyun 2022, 14:16

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment, bosh vazirga ishonchsizlik votumi — Konstitutsiyaga takliflar

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment hamda bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tartibini joriy etish, bodikamerasi yo‘q ichki ishlar xodimining maqomini oddiy fuqaroga tenglashtirish, o‘zbek tilini bilishni majburiy qilish — Konstitutsiya bo‘yicha ayrim takliflar «Gazeta.uz» materialida.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
18 iyun 2022, 09:00

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritildi.

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi
17 iyun 2022, 23:47

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi
17 iyun 2022, 23:32

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. «Yoningizga yana kelishdan maqsadim — sizlarga kuch berish, umidni ikki karra ko‘paytirish. Bu hammamizga sinov», — dedi davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga va ularning ota-onalariga.

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi
17 iyun 2022, 21:13

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga kiritilib, mehnatiga haq to‘lash sharoitlari prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.

Faqat kuch tilini tushunadi, propagandasini yengish oson, hech kim obyektiv ma’lumotga ega emas — AQSh diplomatining SSSR haqidagi telegrammasi
17 iyun 2022, 09:00

Faqat kuch tilini tushunadi, propagandasini yengish oson, hech kim obyektiv ma’lumotga ega emas — AQSh diplomatining SSSR haqidagi telegrammasi

1946 yil AQSh diplomati Jorj Kennanning «Uzun telegrammasi»da Sovet Ittifoqi siyosiy tizimiga berilgan ta’rif hali ham dolzarb bo‘lishi mumkin. Sovetlarning faqat kuch tilini tushunishi, tashqi dunyo haqida obyektiv ma’lumotga ega bo‘lmagan Stalin, yengish oson bo‘lgan propaganda — hujjatdagi qiziqarli fikrlar.

Yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, Shavkat Mirziyoyev ham saylovlarda qatnasha oladi — Sodiq Safoyev
17 iyun 2022, 08:22

Yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, Shavkat Mirziyoyev ham saylovlarda qatnasha oladi — Sodiq Safoyev

Agar yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, hamma qatori prezident Shavkat Mirziyoyevga ham saylovlarda qatnashish imkoni yaratib beriladi, dedi Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U Shavkat Mirziyoyevning «hokimiyatga tish-tirnog‘i bilan yopishib olgan siyosatchi emas"ligini qo‘shimcha qildi.

Prezident «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
16 iyun 2022, 23:38

Prezident «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

«Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonun Milliy gvardiyaga bu boradagi davlat siyosatini amalga oshirish huquqini berdi. Hujjat bilan qurol-yarog‘ va maxsus texnikani qo‘llash shartlari ham belgilab qo‘yildi.

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
16 iyun 2022, 21:44

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Tanzila Narbayeva AQSh rasmiylari bilan uchrashdi
16 iyun 2022, 20:02

Tanzila Narbayeva AQSh rasmiylari bilan uchrashdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva AQSh davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya, Demokratlar partiyasidan kongressmen Ami Bera va AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.

Abdulaziz Kamilov prezidentning maxsus vakili bo‘ldi
16 iyun 2022, 11:27

Abdulaziz Kamilov prezidentning maxsus vakili bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi
15 iyun 2022, 15:11

Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi

Prezident Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilingani va unga Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlanganini ma’lum qildi. U kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish hamda metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi
15 iyun 2022, 13:50

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot hamda Ishtixon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

«O‘zbekiston — mintaqada yetakchi, uning xavfsizligi — mintaqa xavfsizligidir» — AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari
15 iyun 2022, 13:46

«O‘zbekiston — mintaqada yetakchi, uning xavfsizligi — mintaqa xavfsizligidir» — AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla O‘zbekistonga tashrifini har bir mamlakat to‘qnashayotgan xavf-xatarlar va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari haqida suhbatlashishni ko‘zda tutgan «tinglash safari»ning bir qismiga qiyosladi. U maxsus kuchlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi
14 iyun 2022, 21:38

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar
14 iyun 2022, 17:12

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar

Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirish, «fuqaro» atamasini «vatandor» ga almashtirish, qo‘shfuqarolik va qo‘shxotinlikka ruxsat berish, Bosh prokuraturani Adliya vazirligiga qo‘shib yuborish, hokimlar va senatorlarni saylash — Konstitutsiya bo‘yicha yuborilayotgan takliflar haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting