5 noyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi, deya xabar qildi O‘zbekiston hukumati rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston tashqi siyosat mahkamasi rahbari boshchiligidagi qo‘shni davlat delegatsiyasi 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturida hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan,