Prezident qarori bilan Alimov Anvar Valiyevich sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Anvar Alimov Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov Toshkent pediatriya instituti rektori, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri (2012−2016) singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2020 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.