Muzaffar Yusupaliyevich Fayziyev Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati Telegram kanalida xabar qilindi.

U bunga qadar «O‘zbekneftgaz» AJ Tijorat departamenti boshlig‘i, «O‘zneftmahsulot» AJda boshqaruvi raisi, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Muzaffar Fayziyev 1979 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — marketolog, moliyachi.