Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlagan navbatdagi videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda «Gazete.uz»ning hukumatdagi manbasi xabar bermoqda.

«Asosiy e’tibor koronavirusga qarshi kurashishga emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini to‘liq qayta ishga tushirishga qaratilishi kutilmoqda», manbaning ta’kidlashicha, bu borada juda ko‘p shikoyatlar mavjud.

Eng ko‘p savollar birlamchi bo‘g‘inda to‘planib qolgan. Manbaning ma’lum qilishicha, yig‘ilish davomida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tizimini qayta ko‘rib chiqish, kadrlarni moliyalashtirish va tayyorlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

3 noyabr kuni prezident farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi sog‘liqni saqlash vaziri etib Abduhakim Xadjibayev, uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga — Amrillo Inoyatov, vazir o‘rinbosari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga — Anvar Alimov tayinlandi.

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori bo‘ldi.