Iqtisodiyot

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi
20 oktabr 2021, 14:55

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi

Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
19 oktabr 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 1,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 702,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

31 dekabrgacha go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilish taklif etildi
19 oktabr 2021, 11:22

31 dekabrgacha go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilish taklif etildi

Deputatlar 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht, qoramol va parranda, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish va realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishga oid qonunni qabul qildi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi
18 oktabr 2021, 19:01

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28 mlrd dollardan oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.

Hukumat 2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi
18 oktabr 2021, 17:12

Hukumat 2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi

Hukumat 2022 yilda YAIMning 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi. Inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, budjet defitsitini esa YAIMga nisbatan 3% pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 4000 dollardan oshirish ko‘zda tutilmqoda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
18 oktabr 2021, 16:27

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,36 so‘mga pasayib, 10 700,64 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Toshkentdagi birinchi Burger King restoranlari qayerda ochiladi?
18 oktabr 2021, 15:38

Toshkentdagi birinchi Burger King restoranlari qayerda ochiladi?

Toshkentda uchta Burger King restoranlari ochilishi kutilmoqda. Ular Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi va Chilonzor 25-mavzesida joylashadi.

Paxta terimi mexanizatsiyasini 5 yilda 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Uni 2016 yilda 80%ga yetkazish rejalashtirilgan edi
18 oktabr 2021, 12:24 1

Paxta terimi mexanizatsiyasini 5 yilda 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Uni 2016 yilda 80%ga yetkazish rejalashtirilgan edi

Prezidentning ma’lum qilishicha, keyingi 5 yilda paxta terimi mexanizatsiyasi 15%dan 60 ga yetkaziladi. 2013 yilda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev 2016 yildan 80−90% paxta hosilini mashinada terishga o‘tilishi rejalashtirilganini aytgan edi. Bir necha yildan buyon mamlakatda paxta terimi mashinalarining tanqisligi kuzatilmoqda.

Metropoliten «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi
18 oktabr 2021, 10:28

Metropoliten «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi

«Toshkent metropoliteni» kompaniyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi va Transport vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Metro temir yo‘llar tizimiga 2016 yilda o‘tkazilgan edi, undan oldin «Toshshahartransxizmat» tarkibiga kirardi.

Tashkent city bog‘ini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda
16 oktabr 2021, 12:51 1

Tashkent city bog‘ini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda

Davaktiv Tashkent city bog‘ini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bog‘ni xususiylashtirish va foydalanishga topshirish uchun «master reja»ni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan startaplar tasdiqlandi
15 oktabr 2021, 21:25

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan startaplar tasdiqlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati qishloq xo‘jaligi, biologiya, tibbiyot, filologiya, IT va boshqa sohalarda 12 ta startap loyihasini ma’qulladi. Ular orasida 1,2 mlrd so‘mlik Google va «Yandeks» qidiruv tizimlari uchun o‘zbek morfologiyasi dasturiy analizatorini ishlab chiqish loyihasi ham bor.

ACCA sertifikatlari uchun o‘qish va imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi
15 oktabr 2021, 17:17

ACCA sertifikatlari uchun o‘qish va imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi

Moliya vazirligi o‘qish va imtihon xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasiga ACCA va CIMA sertifikatlari kirgan. Shuningdek, kimning o‘qish va imtihon xarajati kompensatsiya qilinishi ma’lum qilindi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
15 oktabr 2021, 17:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,63 so‘mga pasayib, 10 705 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
15 oktabr 2021, 14:39

O‘zbekistonda Renault avtomobillari savdosi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Roodell kompaniyasi O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish tafsilotlarini ma’lum qildi. Birinchi avtmobil noyabr oyidayoq tayyor bo‘ladi. Dastlab sotuvga ikkita krossover, so‘ngra yo‘ltanlamas chiqariladi.

«Yangi zavodimizni buzishmoqchi». Safia asoschisi prezidentga murojaat qildi
15 oktabr 2021, 12:11

«Yangi zavodimizni buzishmoqchi». Safia asoschisi prezidentga murojaat qildi

Safia qandolat mahsulotlari tarmog‘i asoschisi Bekzod Samigjonov kompaniyaning yaqinda qurilgan yangi zavodini qutqarishni so‘rab prezidentga murojaat yo‘lladi. Zavod qurilgan yer prezident topshirig‘i bilan berilgandi. Biroq, yerning avvalgi ijarachisi sud orqali yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga erishdi.

O‘zbekiston va YeTTB birinchi svop operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
15 oktabr 2021, 09:52

O‘zbekiston va YeTTB birinchi svop operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston derivativlar bozorini rivojlantirish orqali xorijiy valyutaga bog‘liqlikni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda mamlakat YeTTB bilan ilk sinov svop operatsiyasini o‘tkazishga kelishib oldi.

Xorijiy internet-kompaniyalar 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lashdi
14 oktabr 2021, 22:12

Xorijiy internet-kompaniyalar 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lashdi

To‘qqiz oy mobaynida elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. To‘lovlarning aksariyati Facebook, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.

UzAuto Motors mikrochiplar yetishmasligi sabab avtomobillarni un omborida saqlashga majbur
14 oktabr 2021, 18:55

UzAuto Motors mikrochiplar yetishmasligi sabab avtomobillarni un omborida saqlashga majbur

UzAuto Motors zavodida mikrochiplar yetishmovchiligi tufayli deyarli tayyor Lacetti avtomobillarini qo‘yish uchun joy tugadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi chiplar yetkazib berilguniga qadar mashinalarni un omborida saqlab turishga majbur bo‘lmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
14 oktabr 2021, 17:05

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 710,63 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Cobalt va Nexia Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi
14 oktabr 2021, 14:17

Cobalt va Nexia Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi

2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, Cobalt va Nexia avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi. Mamlakatda xarid qilingan mashinalarning 28,17% ushbu modellar hisobiga to‘g‘ri keladi. UzAuto Motors kompaniyaning Qozog‘iston bozoridagi avtomobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshganligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting