19 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 10 oktabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagi mahsulotlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish va va realizatsiyasi bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilinadi:

  • go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti);
  • tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlar;
  • kartoshka;
  • muzlatilgan baliq;

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarning barqarorligini saqlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.