Iqtisodiyot

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
7 mart 2023, 10:09

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Banklarda dollar kursi arzonladi
7 mart 2023, 10:02

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 7 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 340 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 — 11 405 so‘m.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi belgilarni sanadi. Ular orasida O‘zbekiston orqali tovarlar yetkazish ham bor
6 mart 2023, 15:39

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi belgilarni sanadi. Ular orasida O‘zbekiston orqali tovarlar yetkazish ham bor

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda tavsiyalar berib, shubhali o‘tkazmalarga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Tovarlarni qator davlatlar, xususan, O‘zbekiston orqali yetkazish, xaridorning mahsulotdan yakuniy foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim qilmasligi va boshqalar sanab o‘tilgan.

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
6 mart 2023, 11:04

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi, Toshkent, Buxoro hamda Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari quriladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana ko‘tarildi
6 mart 2023, 10:09

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 6 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.

Fevralda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi. Narxlardagi o‘zgarishlar
3 mart 2023, 17:17

Fevralda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi. Narxlardagi o‘zgarishlar

Fevral oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,54 foizni tashkil etdi — bu so‘nggi 5 yildagi eng past ko‘rsatkichlardan biri. Sut narxining oshishi yana tezlashdi, shakar va sariyog‘ beshinchi oy ketma-ket arzonladi. Meva-sabzavotlar orasida piyoz, pomidor va karam eng ko‘p qimmatlashdi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda
3 mart 2023, 15:35

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
3 mart 2023, 14:44

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi 2 maydan boshlab Xoshimin-Toshkent-Xoshimin yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

«Yandeks.Taksi»ning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda — qo‘mita
3 mart 2023, 11:22

«Yandeks.Taksi»ning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda — qo‘mita

Yandex Go taksi xizmatining O‘zbekistondagi faoliyati tufayli monopoliyaga qarshi organ va Soliq qo‘mitasi tanqidga uchradi. Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi «Yandeks.Taksi» va boshqa xorijiy xizmatlarning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganini tan oldi.

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda
3 mart 2023, 10:05

«Xalq banki»ning Sirdaryodagi filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda

«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Banklarda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun oshdi
3 mart 2023, 09:56

Banklarda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun oshdi

Tijorat banklari 3 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 420 so‘m.

Fransiya kompaniyasi Chimyonda umummavsumiy dam olish maskani quradi
2 mart 2023, 22:20

Fransiya kompaniyasi Chimyonda umummavsumiy dam olish maskani quradi

Fransiyaning Montagne et Neige Développement kompaniyasi Chimyonda gondol va mayatnik tipidagi osma yo‘llar, 11 ta tog‘-chang‘i yo‘laklari, yozgi va qishki attraksionlar, shuningdek, 6 ming sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona va kottejlardan iborat umummavsumiy dam olish maskani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi.

31 ta yirik korxonadagi davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligi balansiga o‘tkaziladi
2 mart 2023, 19:33

31 ta yirik korxonadagi davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligi balansiga o‘tkaziladi

Prezident 2023−2025 yillarda isloh qilish va operatsion samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir» va «O‘zbekneftgaz» bor. Davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligiga, boshqaruv esa UzAssets`ga topshiriladi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar uchun ham iste’mol krediti ajratiladi
2 mart 2023, 17:24

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar uchun ham iste’mol krediti ajratiladi

Senat import qilinadigan tovarlarga iste’mol kreditlari taqdim etishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi (hozir ushbu turdagi kredit faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun beriladi). Hujjat prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Tadbirkorlarga nisbatan 3 yil davomida yangi jazo turlari joriy etilmaydi
2 mart 2023, 13:52

Tadbirkorlarga nisbatan 3 yil davomida yangi jazo turlari joriy etilmaydi

O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo turlarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatiladi. Savdo qoidalarini buzishni dekriminallashtirish rejalashtirilmoqda.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
2 mart 2023, 10:06

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 2 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI
2 mart 2023, 09:41

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI

«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi
1 mart 2023, 21:08

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi

Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan Toshkentda o‘z mehmonxonasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi. 22 qavatli majmua «Brodvey»da, DXXning sobiq binosi o‘rnida barpo etiladi.

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi
1 mart 2023, 20:29

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi
1 mart 2023, 17:38

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan «Turkistonbank» bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting