Safia qandolat mahsulotlari tarmog‘i asosichsi, 27 yoshli Bekzod Samigjonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kompaniyaning yangi zavodini qutqarib qolishini so‘rab videomurojaat yo‘lladi. Zavodni qurish uchun yer maydoni davlat rahbari topshirig‘i bilan Toshkent hokimiyati qarori asosida ajratilgan. Shunga qaramasdan, yerning avvalgi ijarachisi sud orqali hokimiyatning yerni ajratish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishga erishdi. «Gazeta.uz» videomurojaat matnini e’tiboringizga havola qiladi.

«Assalomu alaykum, hurmatli Shavkat Miromonovich!

Menining ismim Bekzod Samigjonov, 27 yoshdaman, men «Safia qandolat mahsulotlari tarmog‘i» oilaviy korxonasi asoschichi hisoblanaman. Bu biznesni bobom 1995 yilda teshikkulcha sotishdan boshlagan. 2005 yilda esa onam Madina Ayupova o‘zining birinchi shirinliklar do‘konini ochgan, u «Dom vыpechki ot Madinы» deb nomlangan.

Sizning rahbarligingiz ostida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekistonda biznes yuritishning yangi yo‘nalishlari ochilmoqda. Biz shuningdek, so‘nggi besh yilda katta yutuqlarga erishdik. 2016 yilga qadar xodimlarimiz soni 100 nafar va savdo uylarimiz 4 tani tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi 5 yilda 44 ta yangi savdo nuqtalarini ochdik, xodimlarimiz soni esa 2 mingdan oshdi.

Bizning qandolat kompaniyamiz 500 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaradi va men ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekistondagi qandolatchilik mahsulotlari xorijdagi shu kabi mahsulotlardan hech qanday farq qilmaydi.

Avgust oyida prezident va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda yuzlab tadbirkorlar, jumladan, biz ham eng ko‘p ish o‘rni yaratgan korxona sifatida taqdirlandik. Siz mening onam, Madina Ayupovani O‘zbekistondagi eng taniqli tadbirkor ayollardan biri sifatida e’tirof etdingiz.

Men bundan ruhlanib, 10 ming yangi ish o‘rni yaratishga qaror qilgandim. Mening prezident bilan uchrashishdek orzuim bor edi.

2018 yil debkarda Yashnobod tumanida prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi, u yerda men ham bor edim. Men o‘zimning yangi qandolat fabrikasi loyiham taqdimotini qildim va Siz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlab, yer ajratish to‘g‘risida topshiriq berdingiz. Men sizga umuman boshqacha atmosferada ushbu fabrika taqdimotini o‘tkazmoqchi edim. Afsuski, vaziyat boshqacha tus oldi.


2016 yilda ushbu yer Madaniyat vazirligi tomonidan boshqa bir kompaniyaga ijaraga berilgan, biroq, u uzoq vaqt bo‘sh yotgan va tashlandiq holatda bo‘lgan. 2018 yilning 10 mayida Uchtepa tumaniga tashrifingiz chog‘ida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida siz bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan yerlarni investorlarga ajratish bo‘yicha topshiriq bergan edingiz. Ushbu ro‘yxatda mazkur yer maydoni ham bor edi. Keyin Vazirlar Mahkamasining ushbu yer maydonini Toshkent shahri hokimligining yer fondi rezerviga o‘tkazish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Shundan keyin, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 21 dekabrdagi qarori bilan 80 sotix yer bizga ajratib berildi. Shuningdek, ushbu maydonning 40 sotixi davlat ehtiyojlari uchun ajratilgan va budjet mablag‘lari hisobidan sport majmuasi qurilgan.

Shundan so‘ng, barcha zarur hujjatlari yig‘dik va qurilishni boshlashga ruxsat oldik. Markaziy Osiyoda qiyosi yo‘q ushbu fabrika loyihasini ishlab chiqish jarayoniga latviyalik mutaxassislarni jalb qildik va barcha xalqaro standartlarga javob beradigan zavodni qurdik.

Imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga harakat qilib, 3 qavatli, umumiy maydoni 15 ming kvadrat metr bo‘lgan zavod bunyod etdik. Shuning qayd etmoqchimanki, zavod qurilgan joyga shaharning turli chekkalaridan uzoq yillar davomida chiqindi olib kelingan va biz 18 metr qalinlikdagi qurilish chiqindilarini kovlashga majbur bo‘ldik. Chiqindilarni olib chiqib tashlash uchun 15 ming yuk mashinasini jalb etishga to‘g‘ri keldi.


Eng qizig‘i endi boshlanmoqda. Bizga yer ajratib berilganidan 2 yil o‘tib, fabrikka qurilish jarayonlari yakuniga yetganida yerning oldingi ijarachisi yer maydonini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni so‘rab, hokimiyatni sudga berdi. Birinchi instansiyada hokimiyat yutib chiqdi. Ikkinchi, appelsiya sudida ham hokimiyat g‘olib bo‘ldi. Ajablanarlisi, 2021 yil sentabr kuni Oliy sudda o‘tkazilgan sud majlisida Vazirlar Mahkamasining qaroriga, ulkan mablag‘lar sarflangan va zavod qurilganiga qaramasdan, Oliy sud hokimiyatning ikkala qarorini ham bekor qildi.

Endi bizning qurilishimizni to‘xtatib qo‘yishdi hamda 4 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan zavodni o‘z mablag‘larimiz hisobidan buzish va yerni bo‘shatib qo‘yishni so‘rab sudga berishdi.

Hozirgi kunda biz tomonimizdan Oliy sud qarorini bekor qilishni so‘rab kassatsiya tartibida shikoyat kiritilgan.

Birgina qarorni deb bizning 25 yillik mehnatimiz puchga chiqayapti. Siz har doim yangi O‘zbekistonda halol va tartibli bo‘lib tadbirkorlik qilsa, siz shunday tadbirkorlar tomonida bo‘lishingizni aytib kelgansiz.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Safia ahil oilamiz nomidan bizni yolg‘iz qoldirmasligingizni va yordam berishingizni so‘rab qolamiz".

«Gazeta.uz» mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga so‘rov yubordi.