Iqtisodiyot

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan
5 noyabr 2021, 18:43

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan

9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida
5 noyabr 2021, 17:05

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida

2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
5 noyabr 2021, 16:58

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,86 so‘mga ko‘tarilib, 10 705,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

«O‘zbekneftgaz» London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi
5 noyabr 2021, 12:14

«O‘zbekneftgaz» London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi

«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.

Nima uchun kvazifiskal xarajatlar yomon?
4 noyabr 2021, 18:50

Nima uchun kvazifiskal xarajatlar yomon?

Davlat korxonalari davlat budjeti orqali o‘tmagan o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy obyektlar qurish orqali «ijtimoiy yuk»ni o‘z zimmasiga olmoqda. Bu amaliyot mamlakatning real budjeti va xarajatlarini hisoblashga imkon bermaydi, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
4 noyabr 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,66 so‘mga pasayib, 10 680,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida grant ajratadi
4 noyabr 2021, 15:43

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida grant ajratadi

Yevropa komissiyasi 2021−2024 yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida «Team Europe» tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

YeTTB O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini oshirdi
4 noyabr 2021, 15:30

YeTTB O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini oshirdi

YeTTB 2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 5,6 foizdan 6,8 foizga oshirdi. Shu bilan birga, bank hisobotida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq xavflar va boshqa omillar tufayli butun mintaqa uchun prognozlar noaniqligi haqida ham aytilmoqda.

Tartibga solinadigan narxlar qachon «qo‘yib yuborilishi» mumkin?
4 noyabr 2021, 12:34

Tartibga solinadigan narxlar qachon «qo‘yib yuborilishi» mumkin?

Hukumat 2020 yilda elektr va gaz tariflarini oshirishni rejalashtirgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu chorani keyinga qoldirdi. Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tartibga solinadigan narxlar (energetika resurslari, kommunal xizmatlar va boshqalar) 2022 yilda yoki 2022−2023 yillarda bosqichma-bosqich to‘liq erkinlashtirilishini kutmoqda.

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini qo‘lga kiritdi
4 noyabr 2021, 11:57

Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning 50 foiz ulushini qo‘lga kiritdi

Prezidentning kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank» ustavidagi 112,49 mln aksiyalarini sotib olib, o‘zining jami ulishini 50 foizga yetkazdi. Unga qarashli kompaniya 2019 yilda 40,13 mln aksiyalarni qo‘lga kiritgan edi.

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi
4 noyabr 2021, 10:23

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘it sanoatini modernizatsiya qilish uchun qariyb 2 mln dollar ajratdi. “Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi
3 noyabr 2021, 18:56

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi

Markaziy bank kelgusi uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobil ssenariylarini taqdim etdi. Ularni aniqlashda MB ilk bor iqlim o‘zgarishlarini hisobga oldi. Regulyator kelgusi yillarda inflyatsiyaning uzoq muddatli omillarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.

Davlat ilk bor aholidan elektr energiya sotib oldi
3 noyabr 2021, 17:50

Davlat ilk bor aholidan elektr energiya sotib oldi

Toshkentlik fuqaro o‘z uyida quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatib, unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzoladi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
3 noyabr 2021, 17:27

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,94 so‘mga pasayib, 10 695,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Pensiya haqidagi ma’lumotni Telegram-bot orqali bilish mumkin
3 noyabr 2021, 11:27

Pensiya haqidagi ma’lumotni Telegram-bot orqali bilish mumkin

Moliya vazirligi pensiya to‘lovi hamda nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar haqida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan @pensiyauzbot Telegram-botini ishlab chiqdi. U orqali pensiya jamg‘armasiga murojaat yo‘llash imkoniyati ham mavjud.

Yana bir yil davomida sement importi uchun bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi
2 noyabr 2021, 19:01

Yana bir yil davomida sement importi uchun bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi

Prezident ishtirokidagi videoselektorda sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytirilishi qayd etildi.

Vazirliklar xarajatlari qattiq nazorat ostiga olinadi — Timur Ishmetov
2 noyabr 2021, 18:28

Vazirliklar xarajatlari qattiq nazorat ostiga olinadi — Timur Ishmetov

2022 yildan boshlab barcha vazirliklar uchun davlat budjeti mablag‘larini sarflash bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilash rejalashtirilmoqda, dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Unga ko‘ra, budjet taqchilligini 3 foizga kamaytirish va «budjet xarajatlarini qattiq nazorat qilish» rejalashtirilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
2 noyabr 2021, 17:28

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 712 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

Respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilmoqda
2 noyabr 2021, 17:21

Respublika bo‘ylab 60 dan ortiq bozor va majmualarning xususiylashtirilishi kutilmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 60 dan ortiq bozor va savdo majmualarida davlat ulushlarini sotish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini e’lon qildi. Ular orasida Toshkentdagi Mirobod, Farhod, O‘rikzor va Oloy dehqon bozorlari, «Ippodrom» va «Bek to‘pi» savdo komplekslari mavjud. Qarorga ko‘ra, hokimlar boshchiligida hududiy komissiyalar tashkil etilib, bozorlardagi davlat ulushi hokimliklarga o‘tkazilishi kutilmoqda. Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu qaror loyihasini tanqid qildi.

Qozog‘iston 9 oy ichida UzAuto Motors eksportining 96 foizini oldi
2 noyabr 2021, 11:59

Qozog‘iston 9 oy ichida UzAuto Motors eksportining 96 foizini oldi

O‘zbekiston 9 oy ichida xorijiy davlatlarga qiymati $242,5 mlnga teng bo‘lgan 25 ming 171 ta yengil avtomobillar eksport qildi. Eksportning deyarli 96% qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting