O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan hay’at yig‘ilishida vazirlikning ilmiy-texnik kengashlari tomonidan taqdim etilgan 12 loyihani ko‘rib chiqdi va ma’qulladi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, loyihalarning uchtasi fundamental, to‘rttasi amaliy va yana uchtasi innovatsion hisoblanadi. Bundan tashqari, tijoratlashtirishga tayyorlash va startap sohalarida bittadan loyihalarni moliyalashtirish kutilmoqda.

Keyingi 5 yil uchun ilmiy davlat dasturlariga kiritilgan fundamental loyihalar:

Amaliy loyihalar:

  • Respublika tuproqlarini xalqaro tuproq kimyoviy tahlillari standarti (51ISO/TC 190 Soil quality) asosida tahlil qilish texnologiyasini yaratish — 2,3 mlrd so‘m;
  • Allergodermatozlarni og‘irlilik darajasini tashxislash uchun dasturiy mahsulot yaratish — 2,3 mlrd o‘m;
  • COVID-19 bemorlarda invaziv o‘pka aspergilyozini tashxislash va davolash algoritimini ishlab chiqish — 660 mln so‘m;
  • Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi — o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish — 1,2 mlrd.

Innovatsion loyihalar:

  • O‘zbekiston florasi o‘simliklarining terpenoidlari asosida yangi dori vositalarni (antiparazitar, ginekologik va yallig‘lanishiga qarshi) yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish — 2,596 mlrd so‘m;
  • bolalaradabiyoti.uz multimedia elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish — 697 mln so‘m;
  • uyali aloqa operatorlari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyati uchun abonent ma’lumotlarini to‘plash, saqlash va taqdim etish yondashuvlarini tadqiq etish va tahlil qilish — 2,06 mlrd so‘m.

Bundan tashqari, vazirlik metall quyish qoliplari uchun boyitilgan gil kukunini ishlab chiqish loyihasiga 894,6 mln so‘m ajratadi. Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida avtonom sug‘orish tizimini yaratish loyihasiga yana 1,5 mln so‘m ajratiladi.