Iqtisodiyot

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi
26 oktabr 2021, 11:39

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

Prezident qarori bilan 1 oktabrdan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi. 2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

Ilmiy darajaga ega muzey xodimlari maoshi oshirildi
26 oktabr 2021, 10:45

Ilmiy darajaga ega muzey xodimlari maoshi oshirildi

Ilmiy darajaga ega davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy muzeylari xodimlari maoshi oshirildi. Fan doktorlari va yoki xorijiy davlatlarning ilmiy darajalarga ega bo‘lganlar maoshi 2,5 koeffitsiyentga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori bo‘lganlarniki esa 2 koeffitsiyentga oshirildi.

«Tolibon» O‘zbekistonga elektr bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishga va’da berdi
25 oktabr 2021, 10:38

«Tolibon» O‘zbekistonga elektr bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishga va’da berdi

«Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi importi bo‘yicha barcha qarzlarini to‘liq to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni «bir soatga ham» to‘xtatmaganini qayd etgan.

«O‘zbekneftgaz»: Kompaniya faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turibdi
23 oktabr 2021, 23:31

«O‘zbekneftgaz»: Kompaniya faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turibdi

Benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarga javoban «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi o‘z yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 benzini narxini ushlab turganini aytdi. Ai-91, 92 va 95 rusumli yoqilg‘i import xomashyosidan ishlab chiqariladi, shuning uchun uning narxi nisbatan yuqori, deya ta’kidladi kompaniya. Avvalroq Energetika vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi
23 oktabr 2021, 11:57

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi. Mazkur hujjat davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib qabul qilindi.

561 ta kompaniya 123 mln dollarlik valyuta kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozi bo‘ldi — Markaziy bank
22 oktabr 2021, 16:22

561 ta kompaniya 123 mln dollarlik valyuta kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozi bo‘ldi — Markaziy bank

Tijorat banklari tomonidan valyutada 1 mln dollargacha qarzi bo‘lgan (umumiy qarzdorlik 2,5 mlrd dollar) 15 mingdan ortiq korxonalarning xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni so‘mga o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuborilgan. Markaziy bank raisining aytishicha, 561 ta kompaniya valyutadagi kreditlarini so‘mga o‘tkazishga rozilik bildirgan, lekin bu amaliyot kelgusida ham davom etadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
22 oktabr 2021, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 703,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Prezident Jizzaxdagi Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘ilayotgan zavod faoliyati bilan tanishdi
21 oktabr 2021, 22:40

Prezident Jizzaxdagi Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘ilayotgan zavod faoliyati bilan tanishdi

ADM Jizzakh zavodining qiymati 216 mln dollarlik ikkinchi bosqichi loyihasi doirasida avtomobillarni kichik uzelli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘iladigan zavod faoliyati bilan tanishdi.

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
21 oktabr 2021, 19:17

9 oyda xorijdan O‘zbekistonga $5,7 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
21 oktabr 2021, 16:52

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 692 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Markaziy Bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani bo‘yicha izoh berdi
21 oktabr 2021, 16:38

Markaziy Bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani bo‘yicha izoh berdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirdi. Ushbu qaror yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10 foizgacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish maqsadida qabul qilindi. Bu yilgi inflyatsiyaning o‘zgarishiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.

«Gaz kelajak avlodga meros, uni har xil shartnomalar bilan sotib yubormaslik kerak» — Shavkat Mirziyoyev
21 oktabr 2021, 14:21

«Gaz kelajak avlodga meros, uni har xil shartnomalar bilan sotib yubormaslik kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda mamlakat sanoatida tabiiy gazga talab kattaligini ta’kidladi. «Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas», — dedi davlat rahbari.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
21 oktabr 2021, 12:35

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi
21 oktabr 2021, 11:26

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar, shisha iplar hamda shisha tolali matolarga import boji qo‘llanilmaydi.

Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytirmoqda
21 oktabr 2021, 11:02

Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytirmoqda

Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflar va to‘lovlarni o‘rtacha 15 foizga pasaytirmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga va aviachiptalar narxini pasaytirishga imkon yaratadi. Bahorda tariflar 27 foizga pasaytirilgan edi.

Migrantlarning pul o‘tkazmalari manfiy savdo balansini qisman qoplamoqda
21 oktabr 2021, 10:37

Migrantlarning pul o‘tkazmalari manfiy savdo balansini qisman qoplamoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha savdo balansi manfiy saldosi 10,1 mlrd dollarni, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 4,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Natijada savdo balansi manfiy saldosi xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga qisman qoplangan.

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi
20 oktabr 2021, 17:58

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi

Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi.

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan
20 oktabr 2021, 17:31

Toshkent shahrida kvartira narxlari 5−7 foizga oshgan

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdolari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi. Ko‘chmas mulk bitimlarining umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi. Toshkentda kvartira narxlari o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi
20 oktabr 2021, 16:28

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga qisqardi. Yo‘qotishlarning yarmi oltin-valyuta zaxirasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi valyutadagi aktivlarning qisqarishi hisobiga yuz bergan.

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi
20 oktabr 2021, 14:55

Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi

Toshkent metropoliteni boshlig‘iga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga chet ellik mutaxassis, yer osti yo‘llari samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting