Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 18 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 5,63 so‘mga pasaydi va 10 705,00 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 15,10 so‘mga pasaydi va 12 421,01 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,75 so‘mga ko‘tarildi va 150,32 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 710,63 so‘mni tashkil qilgandi.