Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 20 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 1,67 so‘mga ko‘tarildi va 10 702,31 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 90,77 so‘mga ko‘tarildi va 12 486,39 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,93 so‘mga ko‘tarildi va 151,08 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,36 so‘mga pasayib, 10 700,64 so‘mni tashkil qilgandi.