Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar to‘lagan soliqlar miqdorini e’lon qildi.

2021 yilning yanvar-fevral oylarida ushbu kompaniyalar budjetga 15,2 mlrd so‘mdan ko‘proq to‘lashdi: Facebook — 7,6 mlrd so‘m, Google Commerce Limited — 4,6 mlrd so‘m, Apple — 2,2 mlrd so‘m, Netflix — 331 mln so‘m, Yandex — 256 mln so‘m, Booking.com — 205 mln so‘m, Huawei — 81 mln so‘m.

2020 yilgi ma’lumotlar. Manba: DSQ

Taqqoslash uchun: 2020 yilda kompaniyalar 11,8 mlrd so‘mdan ziyodroq to‘lashgan edi.

«Google solig‘i» deb atalgan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish 2020 yil 1 yanvaridan kuchga кирганedi. Soliq dasturiy ta’minotdan foydalanish (jumladan internet o‘yinlari orqali), elektron kitoblar, ta’limiy materiallar, musiqiy asarlar va boshqalardan foydalanish huquqini taqdim etishni ko‘zda tutgan elektron xizmatlar uchun olinadi.

DSQ xorijiy internet-kompaniyalar ushbu soliq to‘lovchilari sifatida hisobda turishlari uchun maxsus QQS-ofisini ishga tushirdi.

Ikki yil davomida O‘zbekistonda doimiy muassasa tashkil etmagan holda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq hisobiga turishdi.