Iqtisodiyot

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda
17 sentabr 2021, 12:01

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.

Jahon banki Doing Business hisobotini butunlay to‘xtatdi
17 sentabr 2021, 10:49

Jahon banki Doing Business hisobotini butunlay to‘xtatdi

Jahon banki Doing Business hisobotini oldingi reytinglardagi xatoliklar va manipulyatsiyalar sababli butunlay to‘xtatdi. 2018 yilda O‘zbekiston prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun sharoitlar yaratish va shu orqali 2022 yilda ushbu reytingda eng yaxshi 20 ta davlat qatoriga kirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov
16 sentabr 2021, 18:17

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.

ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini quradi
16 sentabr 2021, 17:56

ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini quradi

Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasi g‘olib deb topildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
16 sentabr 2021, 17:26

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,94 so‘mga pasayib, 10 681,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
16 sentabr 2021, 17:24

NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi

«Pistali» konida umumiy qiymati 274 mln dollardan ziyod bo‘lgan, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish loyihasi «Navoiy KMK» tomonidan amalga oshiriladi.

3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan — DSQ
16 sentabr 2021, 15:33

3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan — DSQ

DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda 6,7 trln so‘m soliqlarni to‘lamaslik maqsadida 3500 ta kompaniya bankrotlik asosida tugatilgan. Ushbu korxonalar ta’sischilari yangidan korxonalar tashkil etishda davom etmoqda.

Elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etildi
16 sentabr 2021, 13:06

Elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etildi

O‘zbekistonda elektromobillarni sotib olishda va vaqtincha olib kirishda avtotransport yig‘imi bekor qilindi. Soliq kodeksining 459-moddasi ushbu yangi tartibni ko‘zda tutgan 9-band bilan to‘ldirilmoqda.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi
16 sentabr 2021, 10:46

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Prezident ma’muriy va soliq yukini kamaytirish bo‘yicha farmonni imzoladi
16 sentabr 2021, 09:19

Prezident ma’muriy va soliq yukini kamaytirish bo‘yicha farmonni imzoladi

Qat’iy belgilangan miqdordagi JSHODS to‘lovchisi bo‘lgan yakka tadbirkorlar soliq hisobotini topshirmaydi. YATTlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2 martaga qisqaradi. 2022 yildan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.

«Yo‘qotish katta bo‘lmaydi». Moliya vaziri o‘rinbosari — QQS va foyda solig‘i stavkasini pasaytirish haqida
16 sentabr 2021, 08:20

«Yo‘qotish katta bo‘lmaydi». Moliya vaziri o‘rinbosari — QQS va foyda solig‘i stavkasini pasaytirish haqida

Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov QQSni 12 foiz, foyda solig‘ini 15 foizga tushirish budjet daromadlari shakllanishida katta yo‘qotishlarga olib kelmasligini ma’lum qildi. U kamaygan soliq tushumlarining o‘rnini qoplash bo‘yicha istiqboldagi rejalarga to‘xtaldi.

Radar o‘rnatish joylari sotuvidan budjetga qariyb 87 mlrd sum tushdi
15 sentabr 2021, 21:45

Radar o‘rnatish joylari sotuvidan budjetga qariyb 87 mlrd sum tushdi

Mart oyidan buyon budjetga yo‘l kameralari va radarlari o‘rnatish uchastkalarini sotishdan qariyb 87 mlrd so‘m kelib tushdi.

Farg‘ona viloyatining ayrim hududlariga alohida tartibdagi soliq rejimi joriy etiladi
15 sentabr 2021, 18:01

Farg‘ona viloyatining ayrim hududlariga alohida tartibdagi soliq rejimi joriy etiladi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
15 sentabr 2021, 17:13

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,38 so‘mga ko‘tarilib, 10 706,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

O‘zbekistonliklarga notarius orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz olishga ruxsat berildi
15 sentabr 2021, 17:09

O‘zbekistonliklarga notarius orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz olishga ruxsat berildi

Prezidenti farmoniga muvofiq, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlar olib tashlanmoqda. Jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2022−2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplanadi
15 sentabr 2021, 16:22

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplanadi

Prezident qarori bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab berilishi belgilandi. Shuningdek 15 sentabrdan boshlab ularga mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Valyuta barqarorligi, raqobat, narxlarni erkinlashtirish. MB inflyatsiyani pasaytirish omillarini ma’lum qildi
14 sentabr 2021, 23:18

Valyuta barqarorligi, raqobat, narxlarni erkinlashtirish. MB inflyatsiyani pasaytirish omillarini ma’lum qildi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev 2023 yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasini 5% gacha pasaytirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdi. Ular — milliy valyuta barqarorligi, mehnat unumdorligi va raqobat darajasini oshirish hamda narxlarni erkinlashtirish.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi oktabr oyida bozorga chiqariladi
14 sentabr 2021, 19:12

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi oktabr oyida bozorga chiqariladi

Jurabek Laboratories kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya vakilining aytishicha, preparat ichki bozorga oktabr oyida chiqadi.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
14 sentabr 2021, 17:23

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,62 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
13 sentabr 2021, 17:16

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,22 so‘mga pasayib, 10 651,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting