dayjest

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.


dayjest

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi

2023-yilning martidan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlandi.


dayjest

Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.


dayjest

Prezident Yunusobod misolida Toshkent tumanlarining ishga solinmagan imkoniyatlarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod misolida aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini tushuntirdi. Toshkent shahri markazi va uning chekkasidagi mahallalar rivoji hamda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut katta ekanini ta’kidlab, hududga 600 mln dollar investitsiya jalb etish mumkinligini qayd etdi.


dayjest

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil martida: Xayrulla Hamidov, Hamid Sodiq, yana Ortiqxo‘jayev va Mirkomilboy

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobidan millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.


dayjest

“Oylik 1,5 mingdan 3 ming dollargacha”. Bandlik vaziri — rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab haqida

Bandlik vaziri Behzod Musayev eng kam ish haqi 1500−3000 dollarni tashkil etuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslariga talab yuqori ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi mehnat migratsiyasi O‘zbekiston fuqarolariga yangi kasb va standartlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.


dayjest

“Rossiyadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda” — prezident

Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.


dayjest

Xorazmda ikkita guruh o‘rtasidagi janjalning oldi olindi, 15 kishi ushlandi

Urganch tumanida ikki shaxs o‘zaro nizoni guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringani aniqlandi. DXX va IIB tadbirida to‘qnashuv to‘xtatib qolindi. 9 kishi JK, 6 kishi MJTK moddalari bo‘yicha qamoqqa olindi.


dayjest

“Toshkentga hokim qo‘yish oson emas” — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘z tavsiyasiga ko‘ra Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov haqida gapirdi. “Toshkentga hokim qo‘yish oson emas… Bir yil oldin Shavkat Umurzoqovga ishonch bildirgandik. O‘ylaymanki, azim poytaxtimizning biri ikki bo‘lishiga harakat qiladi”, — dedi u.


dayjest

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi uyidagi gaz trubasiga o‘zini osib, vafot etdi. Uning onasi o‘g‘li besabab o‘z joniga qasd qilganini, hech kimga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


dayjest

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan aviazarbani qoraladi

O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.


dayjest

Video: Sherzod Shermatov bilan piyoda. “Muammoni aytish oson, uni yechish — eng qiyin narsa”

“Avtomobilsiz kun"da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.


dayjest

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.


dayjest

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi. Agentlikning tushuntirishicha, “butun dunyoda shu narsa bor, faqat O‘zbekistonda ishlamayotgandi”. O‘zgarishlarni 1-apreldan joriy etish reja qilingandi, lekin ayni paytda hujjat loyiha holatida.


dayjest

Tayvanda 7,4 va 6,5 magnitudali ikki zilzila bo‘ldi

Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Zilzila Tayvandagi so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchlisi ekani ma’lum qilindi. Video.


dayjest

Buxoroda ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi

Jondor tumanida ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Hokimlik holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.


dayjest

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.


dayjest

O‘zbekistondagi 841 km yo‘l sement-beton qoplamasi bilan yangidan quriladi

Prezident viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 86 ta tumanidagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan qurilishi bo‘yicha loyihani ma’qulladi. Bunga Osiyo taraqqiyot bankidan 240 mln dollarlik qarz mablag‘i yo‘naltiriladi.


dayjest

O‘zbekistondagi ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.


dayjest

Toshkentda masjidlarda o‘g‘rilik qilgan shaxs 6 yilga qamaldi

Poytaxtdagi masjidlarda pul va telefonlar o‘g‘irlab yurgan erkak 6 yilga qamaldi. U pulni o‘z ehtiyojiga ishlatib, telefonlarni sotib yuborgan.


dayjest

Toshkentdagi yirik bozorlar ko‘p qavatli qilib qayta qurilishi mumkin

“Toshkentning yer o‘ta cheklangan sharoitida bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur”, — dedi prezident. U yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi.


dayjest

Umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariga xususiy sektor jalb etiladi

O‘zbekistonda umumfoydalanishdagi yo‘llarni ta’mirlash ishlariga xususiy sektor autsorsing asosida jalb qilinadi, deya ta’kidladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov. “Ekspluatatsiya bo‘yicha standartlarimiz eskirib ketgan. Bu esa mablag‘larning samarasiz ishlatilishiga yo‘l ochadi”, — dedi u.


dayjest

Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari beriladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.


dayjest

Toshkentning Amir Temur shoh ko‘chasidagi davlat muassasalari binolari biznes loyihalariga beriladi — prezident

Prezident tadbirkorlarga Yunusobod tumanida loyihalar uchun bo‘sh joy topish qiyinligini aytdi. U Amir Temur shoh ko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obyektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.


dayjest

Toshkentda sudya pora olishda gumonlanib ushlandi

Sergeli tuman sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi uning vakolatini tugatdi va jinoiy javobgarlikka tortishni tasdiqladi.


dayjest

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.


dayjest

O‘zbekistonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi.


dayjest

Universal sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi

Universal sug‘urta kompaniyasining ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 2-aprelda bekor qilindi. Sug‘urta tashkiloti ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajaradi.


dayjest

O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.


dayjest

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.


dayjest

Noma’lum shaxslar teraktlar haqida chaqiriqlar yubormoqda, IIV yozishmalarga kirmaslik va 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi

IIV noma’lum shaxslar tomonidan teraktlar uyushtirish uchun pul taklif etilayotgani haqida ogohlantirdi. Aholidan ularga hech qanday munosabat bildirmaslik, xabar yuboruvchilarni bloklash va 102 raqamiga xabar berish so‘raladi.


dayjest

AQSh Rossiyani terakt aynan “Krokus siti holl"da bo‘lishidan ogohlantirgan — Washington Post

“Krokus siti holl"dagi teraktdan kamida ikki hafta oldin AQSh Rossiyani aynan shu konsert zali hujum uchun potensial nishon ekani haqida ogohlantirgan, deb yozdi Washington Post. Avvalroq Rossiya razvedka idoralari olingan ma’lumotlar juda umumiy bo‘lganini aytgan edi.


dayjest

Prezident Toshkentdagi bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘ldi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi. U o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan edi. Joriy o‘quv yilida 145 nafar bola birinchi sinfga qabul qilingan. Foto.