Buxoro viloyati Jondor tumanida Zarafshon daryosidagi ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar qildi.

Hokimlik qayd etishicha, hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. Hokimlik tomonidan ishchi guruh tuzilgan va u holat bo‘yicha o‘rganishlarni olib bormoqda.

Ishchi guruhning yakuniy natijasi bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida harakatlanish vaqtincha cheklangan ko‘prik og‘ir yuk mashinasi o‘tishi oqibatida qulab tushgan edi.