3-aprel mahalliy vaqt bilan soat 07:58 da Tayvanning sharqiy qirg‘og‘idagi Yevrosiyo va Filippin dengizi plitalari chegarasi yaqinida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilziladan keyin 13 daqiqadan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Tayvanning Xualyan shahridan 18 km janubda, o‘chog‘i esa 15,5 km chuqurlikda joylashgan.

Foto: AQSh Geologiya xizmatiFoto: AQSh Geologiya xizmati

Dastavval, Yaponiya meteorologiya agentligi mamlakatning janubi-g‘arbiy sohillarida sunami xavfini e’lon qildi. Keyinroq bu ogohlantirish bekor qilinganini ma’lum qildi.

AQSh Geologiya xizmati ma’lum qilishicha, ushbu zilzila 25 yil ichida Tayvan tarixida sodir bo‘lgan eng kuchlisi. 1999-yil sentabr oyida Tayvanda 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. U 5 mingdan ortiq binolarni vayron qilgan va 2400 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Video