Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida og‘ir xalqaro vaziyat haqida gapirib ztdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning yozishicha, davlat rahbari o‘z so‘zi avvalida “murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotganini”ni qayd etdi.

Jumladan, Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotgani ta’kidlandi.

“Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

“Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi”, — deb davlat rahbaridan iqtibos keltirdi Sherzod Asadov.

Bir kun avval prezident O‘zbekiston fuqarolarining tashqi mehnat bozorlariga chiqishini osonlashtirish va mehnat migratsiyasidan qaytganlarning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgandi.