Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan maktab 250 o‘ringa mo‘ljallangan. Joriy o‘quv yilida 145 nafar o‘g‘il-qiz birinchi sinfga qabul qilingan.

Bu yerda yoshlar 12 yo‘nalish bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim oladi. O‘quvchilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi.

Maktabda 50 ga yaqin o‘quv va kompyuter sinflari mavjud. Kutubxonada 5500 dan ortiq darslik va notalar bor.

Shavkat Mirziyoyev san’at ma’naviy boy avlodni tarbiyalashga xizmat qilishini, san’atga mehrni bolalikdan shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda umumiy ta’lim tizimi bilan musiqa ta’limi dasturlarini uyg‘unlashtirish muhimligi aytildi. Prezident san’at maktablarining oliygohlar, teatrlar va boshqa madaniyat muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish vazifasini ham qo‘ydi.

Foto

musiqa va san’at maktabi, shavkat mirziyoyev, ta’limmusiqa va san’at maktabi, shavkat mirziyoyev, ta’limmusiqa va san’at maktabi, shavkat mirziyoyev, ta’limmusiqa va san’at maktabi, shavkat mirziyoyev, ta’limmusiqa va san’at maktabi, shavkat mirziyoyev, ta’lim