O‘zbekiston fuqarolarining tashqi mehnat bozoriga kirishini soddalashtirish masalalari va mehnat migratsiyasidan qaytganlarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari Shavkat Mirziyoyev huzurida 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat rahbari topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan takliflarni taqdim etdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tashkiliy ravishda 70 ming nafar fuqaro rivojlangan davlatlarga ishlash uchun yuborilgan. Shu bilan birga, fuqarolarning katta qismi alohida malaka talab qilmaydigan faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil ravishda chet elga boradi. Mehnat va yashash sharoitlari har doim ham standartlarga javob bermaydi.

беҳзод мусаев, камбағалликни қисқартирish va bandlik vazirligi, mehnat мигрантлари, tashqi мехнат migratsiyasi agentligi, шавкат мирзиёев

Migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar

  • Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi. Agentlik direktori bir vaqtning o‘zida bandlik vaziri o‘rinbosari bo‘ladi. U mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini ham boshqaradi.
  • Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi. Xorijdagi fuqarolar masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan Call-markazlar tashkil etiladi.
  • “Xorijga ish — mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.
  • Kasbiy malakasi yo‘q va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga o‘qitish va profta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga o‘rgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.
  • Migrantlarning ishchi viza, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi. Chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.
  • Sayxunobod tajribasi asosida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tomorqada mahsulot yetishtirib, daromad olishi uchun moliyaviy ko‘mak beriladi hamda boshqa turdagi bandlik xizmatlari ko‘rsatiladi.
  • “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratiladi.
  • Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
  • “Inson” markazlari tomonidan ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
  • Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘m subsidiya beriladi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard so‘m ajratiladi.