13 iyul kuni soat 18:15 larda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidan o‘tgan 4R-146 «Farg‘ona-Chimyon» avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

22 yoshli Damas haydovchisi avtomobilni boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilib ketishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Marg‘ilon shaharida yashovchi 58 yoshli M.A boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Natijada Damas avtomobilida bo‘lgan 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, yana ikki nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib shifonaga yotqizilgan.