5 iyul kuni kuni taxminan soat 01:55 larda Toshkentning Shayxantohur tumani Qoratosh ko‘chasida elektrosamokat ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.V. (1995 y. t.) elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan. Natijasida elektrosamokat haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalariga qaramay, 11 iyul kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi