3 iyun kuni soat 16:27 da Nexia-3 avtomobili haydovchisi «MAN» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yengil avtomobil haydovchisi U.O mashinasini Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor shox ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib, belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan undan oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasi bilan oraliq masofa saqlamagan.

Katta tezlikda oldidagi piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtagan «MAN» rusumli 69-yo‘nalishli avtobus orqasiga kelib urilgan. Buning oqibatida Nexia haydovchisi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

«Toshshahartransxizmat» AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi xizmat surishtiruvi o‘tkazishi ma’lum qilindi.