Yashnobod tumanida 21 yoshli Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda boshqa avtomobillarning yo‘lovchini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turganini ko‘rish mumkin.
Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikki YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 nafar shaxs vafot etdi.
Yunusobod tumanida 4 ta yuk mashinasi va 8 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi.
Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Qo‘qon shahrida Gentra ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 2 haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urildi. Undan qochgan Damas esa xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.
Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib ketildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Sergeli tumanida Cobalt to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
Bektemir tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan mashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan Spark piyodani urib ketdi. 40 yoshli piyoda tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi, 6 nafari esa jarohatlandi.
Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan Lacetti avtomobili maxsus qutqaruv xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Hodisa oqibatida 2 kishi jarohat oldi.
Shayxontohur tumanida Lacetti, Captiva va 2 ta Nexia avtomashinalari to‘qnashdi. Bir yo‘lovchi jarohat oldi.
6-aprel kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, 6 kishi jarohatlangandi. FVV haydovchilardan biri vafot etganini ma’lum qildi.
To‘rtko‘l tumanida Cobalt va MAN rusumli avtotransportlar o‘rtasida yo‘l transport hodisasi yuzaga keldi. Oqibatda bir fuqaro vafot etdi. Holat sabab surishtiruv ishlari boshlangan.
Olmazor tumanida Spark yo‘ldan o‘tayotgan er-xotinni urib, zarbdan so‘ng yerga yiqilgan ayolni bosib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi.
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida YTHga uchragan Malibu vertikal holatda daraxtga «osilib qoldi». YHXB haydovchi boshqaruvni yo‘qotganini ma’lum qildi. Bir yo‘lovchi jarohatlangan.
Zominda prokuror yordamchisi boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining daraxtga borib urilishi natijasida haydovchi va yana bir prokuratura xodimi halok bo‘ldi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Sergeli tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir necha jarohatlangani ma’lum qilindi, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmadi.
Olmazor tumanida Epica, 2 ta Cobalt va Matiz to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida 2 haydovchi va yo‘lovchilar jarohatlandi.
Xatirchi tumanida Matiz va Damas o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab 49 yoshli Matiz haydovchisi vafot yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting