«yth» tegli maqolalar


Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi
14 avgust 2023, 18:10

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi

Sergeli tumanida 184-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avval stolbaga, so‘ng beton to‘siqqa urildi. “Toshshahartransxizmat” hodisa oqibatida faqat haydovchi, YHXB esa jami 4 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida daraxtga urilgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
14 avgust 2023, 12:13

Toshkent viloyatida daraxtga urilgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Qibray tumanida daraxtga urilgan 18 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotkizildi. Voqeaga yo‘lning xavfli burilish qismida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi
14 avgust 2023, 09:10

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikki YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. YTHlarning har ikkisi ham Damas ishtirokida sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonda piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Sud qarorlari sharhi
7 avgust 2023, 17:05

O‘zbekistonda piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Sud qarorlari sharhi

O‘zbekistondagi YTHlarning qariyb yarmi piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq. Shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Shu savolga javob topish maqsadida “Gazeta.uz” sudlarning tasodifiy 50 ta qarorini o‘rgandi. Spoyler: piyoda o‘limi uchun biror bir haydovchi qamalmagan.

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi
7 avgust 2023, 15:08

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yoʻlning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkentda Malibu avtobus bilan to‘qnashib ketdi
3 avgust 2023, 16:49

Toshkentda Malibu avtobus bilan to‘qnashib ketdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida Malibu yengil avtomobili qayrilib olmoqchi bo‘lgan Yutong avtobusi bilan to‘qnashib ketdi.

2030-yilga borib jiddiy YTHlar sonini 50 foizga kamaytirish reja qilinmoqda
1 avgust 2023, 13:42

2030-yilga borib jiddiy YTHlar sonini 50 foizga kamaytirish reja qilinmoqda

2030-yilgacha jiddiy YTHlar sonini kamida 50 foizga kamaytirish, kengligi 2 va undan ortiq polosali piyodalar o‘tish joylarini svetofor bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. YHXXning yilning birinchi yarmida raqamlarni kamaytirish bo‘yicha rejalariga qaramay, YTHlar va og‘ir oqibatlar ko‘paydi.

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi jarohatlandi
29 iyul 2023, 13:12

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi jarohatlandi

Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi, bir mashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi jarohatlandi.

Piyodalar o‘tish joyida navbatdagi o‘lim: mashina urib yuborgan o‘smir halok bo‘ldi
29 iyul 2023, 10:10

Piyodalar o‘tish joyida navbatdagi o‘lim: mashina urib yuborgan o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentda 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini kesib o‘tayotgan 17 yoshli piyodani urib yubordi. O‘smir vafot etgan.

Prezident YHXX boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi
28 iyul 2023, 17:37

Prezident YHXX boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi

Prezident Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi va uch viloyat YHXB rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Uning ta’kidlashicha, hokimliklar va “O‘zavtoyo‘l” yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor bermay, faqat asfalt yotqizish bilan ovora.

Toshkentda YTHda yana bir yangi avtobusga shikast yetdi
28 iyul 2023, 13:56

Toshkentda YTHda yana bir yangi avtobusga shikast yetdi

Toshkent shahrining Istirohat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 147-yo‘nalishdagi Yutong avtobusiga “ZIL” haydovchisi uni o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘lganida shikast yetdi.

Namanganda ichida 5 nafar bola bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi
25 iyul 2023, 15:49

Namanganda ichida 5 nafar bola bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi

Namangan shahrida Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas mashinasini qutqarish paytida ichida 5 nafar bola bo‘lgan yana bir Damas kanalga tushib ketdi. Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Elektrobus haydovchisi YTHning oldini olish uchun keskin tormoz bosdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi
25 iyul 2023, 10:15

Elektrobus haydovchisi YTHning oldini olish uchun keskin tormoz bosdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkentda yengil avtomobil haydovchisi qoidalarni buzib, YTH holatini yuzaga keltirdi, shu sababli 28-yo‘nalishdagi elektrobus haydovchisi keskin tormoz bosishga majbur bo‘ldi. Oqibatda avtobus yo‘lovchilaridan biri yiqilib, shifoxonaga olib ketildi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
25 iyul 2023, 10:03

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida DAF yuk avtomashinasi yoqilg‘isining oqib ketishi sababli ortidagi CIMC transport vositasi toyib xandaqqa tushib ketdi. YTH oqibatlari yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan holda bartaraf etilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Damas Qonunchilik palatasi yonidagi o‘tish joyida ayolni urib yubordi
24 iyul 2023, 11:08

Damas Qonunchilik palatasi yonidagi o‘tish joyida ayolni urib yubordi

Toshkentdagi eng xavfli piyodalar o‘tish joylaridan biri — Bunyodkor shohko‘chasidagi Qonunchilik palatasi binosi yaqinida navbatdagi YTH bo‘ldi. Lacetti katta tezlikda Damas ortiga urildi, oqibatda Damas ko‘chani kesib o‘tayotgan ayolni turtib yubordi. YHXBga ko‘ra, piyoda tirik, kasalxonaga murojaaat qilinmagan.

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 iyul 2023, 12:38

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 11:59

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi
17 iyul 2023, 17:56

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi

Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi
17 iyul 2023, 15:18

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi

Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi
16 iyul 2023, 10:33

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinalarda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting