7 iyul kuni erta tongda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida YTH sodir bo‘ldi, natijada «Isuzu» yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy Studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Voqea ertalab soat 05:40 atrofida A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 344-kilometrida Zafarobod mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan «Isuzu» rusumli transport vositasi haydovchisi rulda uxlab qolgan. Natijada avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan.

«Isuzu» haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.