16 iyulga o‘tar kechasi soat 03:21 da Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatining Shet tumanida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Mercyedyes-Benz Sprinter mikroavtobusi ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Yo‘l-transport hodisasi Shet tumanidagi Olmaota-Yekaterinburg avtomobil yo‘lining 850-kilometrida MAN yuk mashinasi va 17 nafar yo‘lovchisi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Mercyedyes-Benz Sprinter mikroavtobusi ishtirokida yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida mikroavtobusning 8 nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yana uch nafar o‘zbekistonlik turli tan jarohatlari bilan Oqsuv-Ayuli qishloq shifoxonasiga yetkazildi. Ma’lum qilinishicha, jami 9 nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘iston mas’ul shaxslari fojia munosabati bilan bevosita yordam ko‘rsatishini, jumladan, yaradorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishini qayd etdi. Vazirlik Qozog‘iston FVV bilan tezkor ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ygan.

Qozog‘iston ichki ishlar organlari xodimlari YTH fakti bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.