23 may kuni soat 12:45 atrofida Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududidan o‘tuvchi A-376 avtomobil yo‘lining 234-kilometrida o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

1988 yilda tug‘ilgan Sh. A. boshqaruvidagi Lacetti va 1970 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinalarning to‘qnashuvi natijasida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi (1995 y.t.) voqea joyida halok bo‘lgan. Ular bilan birga ketayotgan ikki nafar bola N.A va T.A (2016 va 2019 y.t.) hamda Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Nexia`ning yana bir yo‘lovchisi T.J (1992 y.t.) esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Xovos tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.