22 may kuni tungi soat birda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Xalqaobod MFYdan o‘tivchi M37 avtomobil yo‘lida Buxoro-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan Zhongtong rusumli avtobus hamda «Kamaz» rusumli yuk transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan, deb xabar qildi Ichki ishlar boshqarmasi.

Ushbu transport to‘qnashuvi natijasida avtobus salonida bo‘lgan haydovchining sherigi olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. Yo‘lovchilardan bir nafari Ruminiya davlati fuqarosi bo‘lib, yengil tan jarohati olgan.

Avvalroq, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketgani, oqibatda 5 kishi jarohat olgani haqida yozgan edik. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilgan.