Namangan viloyatida 4R-112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida Lacetti va Cobalt o‘quv mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovchi hamda yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.