Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 30 iyun kuni YTHga uchragan Lacetti avtomobili yonib ketdi, deb xabar berdi Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.

Voqea soat 23:30 larda atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘kotib, «Qozoqovul» mahallasidagi ichki yo‘l chetiga chiqib ketgan. Natijada avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Haydovchi voqea joyida, bosh miya ochiq shikasti bilan vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda voqeaga aloqador boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan. Namanganliklar.uz Telegram-kanalida avtomobil yonayotgan vaqt tasvirlangan video e’lon qilindi va u juda katta tezlikda harakatlanib, «ZiL» yuk mashinasiga to‘qnashib ketgani aytilmoqda.