22 may kuni soat 12:40da «Sirdaryo — Dehqonobod — Bekobod» avtomobil yo‘lining 99-kilometrida Cobalt va «VAZ-2104 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXB matbuot xizmati xabar berishicha, «VAZ» haydovchisi J. G. (1985 y.t.) o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tish uchun qarshi tomonga chiqqan vaqtida, to‘g‘ridan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan.

Natijada, «VAZ» haydovchisi va Cobalt yo‘lovchisi — 2022 yilda tug‘ilgan chaqaloq — og‘ir jarohat olib, shu joyda vafot etdi.

Cobalt haydovchisi O. I. (1986 y.t.), uning ichidagi yo‘lovchi N.I. (1961 y.t.) va «VAZ-2104» mashinasidagi yo‘lovchi A. S. — 9 yoshli bola kasalxonaga yotqizilgan.

Bekobod shahar IIB huzuridagi TB dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazmoqda.