Siyosat

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi
21 noyabr 2023, 12:07

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi

Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmati boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar vazirlikning Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident
20 noyabr 2023, 14:22

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallaga tashrifi chog‘ida energiyani tejash, har bir insonda tejamkorlik madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. “Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi”, — dedi u.

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi
20 noyabr 2023, 14:04

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi. Shu paytga qadar u konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi
20 noyabr 2023, 10:18

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
19 noyabr 2023, 14:41

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi
18 noyabr 2023, 16:27

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi
17 noyabr 2023, 20:37

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston parlamenti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
17 noyabr 2023, 12:47

Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston parlamenti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyaning navbatdagi yalpi majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga bordi. U qirg‘izistonlik deputatlarni Jogorku Kenesh tashkil etilganining 85 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, Narbayeva Qozog‘iston va Belarus parlamenti raislari bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto
17 noyabr 2023, 10:07

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto

Prezident Surxondaryodagi harbiy qismda Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish apparati bilan tanishib, uning parvozini kuzatdi. Ularni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi.

“To‘palang” daryosining yuqori qismida yangi GESlar qurish rejalashtirilmoqda
16 noyabr 2023, 16:59

“To‘palang” daryosining yuqori qismida yangi GESlar qurish rejalashtirilmoqda

Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. “To‘palang” gidroelektr stansiyasida bo‘ldi. Shuningdek, davlat rahbari To‘palang daryosida “Zarchob-3” kichik gidroelektr stansiyasi qurilishiga start berdi.

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat
16 noyabr 2023, 13:35

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat

Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.

Falastindagi dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz — Ziroat Mirziyoyeva
16 noyabr 2023, 10:00

Falastindagi dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz — Ziroat Mirziyoyeva

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva G‘azoda davom etayotgan, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi. “Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi
16 noyabr 2023, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida gazni qayta ishlash, gidroenergetika, qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti masalalariga e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston birinchi xonimi Turkiyada “Falastin uchun yagona yurak” sammitida ishtirok etadi
15 noyabr 2023, 15:48

O‘zbekiston birinchi xonimi Turkiyada “Falastin uchun yagona yurak” sammitida ishtirok etadi

Istanbulda Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdog‘an raisligida “Falastin uchun yagona yurak” sammiti o‘tkaziladi. Unda qator davlatlar yetakchilarining rafiqalari, shu jumladan O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ham ishtirok etishi va nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi
15 noyabr 2023, 12:54

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi eng yirik “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida HAMASga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Isroil askarlari shifoxonaga kirgan va tutunli granata otgan bo‘lishi mumkin. Ular kasalxonadan yerosti boshqaruv posti uchun qalqon sifatida foydalanilayotganini aytmoqda. HAMAS buni rad etdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi
15 noyabr 2023, 09:53

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi. U 2018-yildan shu vaqtgacha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Deputatlar Achilbay Ramatovning parlament so‘roviga javobidan qoniqmadi
14 noyabr 2023, 16:47

Deputatlar Achilbay Ramatovning parlament so‘roviga javobidan qoniqmadi

Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha yuborilgan parlament so‘roviga javobidan qoniqmaganini qayd etdi. “Yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmagani uchun” Ramatov 1-dekabrgacha qo‘shimcha javob berishi kerak.

Chexiya va O‘monning yangi tayinlangan elchilari O‘zbekistonda ish boshladi
13 noyabr 2023, 16:26

Chexiya va O‘monning yangi tayinlangan elchilari O‘zbekistonda ish boshladi

Chexiya va O‘monning O‘zbekistondagi yangi elchilari TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi
13 noyabr 2023, 14:35

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan Arab-islom sammitida G‘azodagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatish muhokama qilindi. Unda qatnashgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov a’zo davlatlarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa maskanlar daxlsizligini ta’minlashda imkoniyatlarini safarbar etishga chaqirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida qatnashadi
13 noyabr 2023, 14:15

O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 1−2-dekabr kunlari Dubay shahrida o‘tkaziladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting