17-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

U harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirdi, uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

bayraktar tb2

bayraktar tb2

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lochin modeliga o‘xshash dron.

Davlat rahbariga markazda Qurolli kuchlar salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, prezidentga Bayraktar TB2 razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi. Taqdim etilganlar orasida dronlarning boshqa modellari ham bor edi.

bayraktar tb2

Prezident Xitoyning Wing Loong droniga o‘xshash моделни ko‘zdan kechirmoqda.

bayraktar tb2

Xitoyning Wing Loong droniga o‘xshash model.

bayraktar tb2

Ma’lumot uchun, Bayraktar TB2 apparati 2014-yilda Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarila boshlangan. U bir uchishda 8 ming metr balandlikda 24 soat 34 minut davomida to‘xtovsiz parvoz qila oladi.

Uzunligi 6,5 metr va qanotlarining uzunligi 12 metr bo‘lgan razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining dvigatel quvvati 100 ot kuchiga teng. U 150 kilogrammgacha yukni ko‘targan holda 8200 metrgacha ko‘tariladi va 27 soat to‘xtovsiz ucha oladi.

Bayraktar TB2 kuzatuv, razvedka va qurolli hujum missiyalarini bajarishda foydalanuvchi taktik uchuvchisiz havo vositasi hisoblanadi. Hozirda uning 257 tasi Turkiya, Qatar, Ukraina va Ozarbayjon harbiy xizmatlarida mavjud.