O‘zbekiston delegatsiyasi 1−2-dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, bo‘lajak SOR-28da O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.
Shuningdek, mamlakat BAA rahbariyati tomonidan SOR-28 raisi sifatida ilgari surilayotgan muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Forum iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim bo‘yicha strategiyalar va “yashil” energetikaga o‘tishni moliyalashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtiradi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qayd etilishicha, kelgusi yilda Samarqandda xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi, unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasi loyihasi muhokama qilinadi.