Siyosat

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
12 dekabr 2023, 09:37

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘ldi. 2023-yil may oyida Toshkentda ushbu davlatning diplomatik vakolatxonasi ish boshlagandi.

Izboskan tumaniga hokim v.v.b. tayinlandi
10 dekabr 2023, 22:24

Izboskan tumaniga hokim v.v.b. tayinlandi

2018-yildan beri Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Serobiddin Ismoilov ishdan olindi. Uning birinchi o‘rinbosari Hojiakbar Umarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

O‘shda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi
8 dekabr 2023, 15:41

O‘shda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

“Islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz” — prezident
7 dekabr 2023, 22:12

“Islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz” — prezident

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi. Konstitutsiyani bevosita qo‘llash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. U davlat xizmatiga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha bilimlarni imtihondan o‘tkazishni taklif qildi.

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi
7 dekabr 2023, 16:03

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga memuar asari nusxasini sovg‘a qildi
7 dekabr 2023, 15:00

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga memuar asari nusxasini sovg‘a qildi

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuari nusxasini sovg‘a qildi.

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
4 dekabr 2023, 19:27 1

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

“Adaptatsiya muqarrar va zarur”. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari SOR28`da nimalar haqida gapirdi?
3 dekabr 2023, 16:08

“Adaptatsiya muqarrar va zarur”. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari SOR28`da nimalar haqida gapirdi?

Markaziy Osiyoning besh mamlakati prezidentlari SOR28 iqlim sammitida o‘z bayonotlari bilan ishtirok etdi. Ular iqlim o‘zgarishining mintaqaga salbiy ta’siri haqida gapirib, birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Mamlakatlar yetakchilarining chiqishlaridan parchalar — “Gazeta.uz” sharhida.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish O‘zbekistonning strategik vazifasi — Shavkat Mirziyoyev
2 dekabr 2023, 12:40

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish O‘zbekistonning strategik vazifasi — Shavkat Mirziyoyev

Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan biriga aylandi, dedi Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi” ekanini ta’kidladi.

Toshkentda BRMni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forum bo‘lib o‘tdi
1 dekabr 2023, 15:17

Toshkentda BRMni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forum bo‘lib o‘tdi

O‘zbekitsonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forumi o‘tkazildi. Unda Toshkent kommyunikesi qabul qilindi va BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi loyihasini BMTda ilgari surish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Qumqo‘rg‘on hokimi fuqarodan hadya sifatida “Equinox” olish bo‘yicha farmoyishini bekor qildi
30 noyabr 2023, 19:09

Qumqo‘rg‘on hokimi fuqarodan hadya sifatida “Equinox” olish bo‘yicha farmoyishini bekor qildi

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha farmoyish imzolagandi. Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasidan keyin hokim eski farmoyishini bekor qildi. Ikki hujjat ham E-qaror tizimida yashirin holda turibdi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari savdoni faollashtirish masalalarini muhokama qildi
30 noyabr 2023, 15:49

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari savdoni faollashtirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Buyuk Britaniya tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 noyabr 2023, 10:50

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi
30 noyabr 2023, 09:37

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun Dubayga boradi
30 noyabr 2023, 09:19

Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun Dubayga boradi

Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr — 2-dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Davlat rahbari yalpi sessiyada nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
29 noyabr 2023, 17:02

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib, kengayib borayotganini qayd etdi.

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
28 noyabr 2023, 20:18

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olindi
28 noyabr 2023, 14:47

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati keygaytirildi
28 noyabr 2023, 10:13

Ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati keygaytirildi

Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi
27 noyabr 2023, 10:27

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi

Jamil Sharapov O‘zbekistonning Nyu-Yorkda bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting