Siyosat

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
25 oktabr 2023, 20:14

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 25−26-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan SHHT, MDH va YeOII hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi.

Barcha davlatlar boshqalar ularga hujum qila olmasligidan manfaatdor — Samanta Pauer
25 oktabr 2023, 17:27

Barcha davlatlar boshqalar ularga hujum qila olmasligidan manfaatdor — Samanta Pauer

AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi
25 oktabr 2023, 13:54

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi
25 oktabr 2023, 10:30

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.

AQSh Markaziy Osiyo xalqlari uchun “yangi umid va imkoniyatlar dunyosi”ni ko‘rmoqda
24 oktabr 2023, 18:28

AQSh Markaziy Osiyo xalqlari uchun “yangi umid va imkoniyatlar dunyosi”ni ko‘rmoqda

USAID administratori Samanta Pauer Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini “yangi umid va imkoniyatlar dunyosi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidentining “ushbu muhim mintaqa mamlakatlari va xalqlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish” iltimosiga binoan kelgan.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi
24 oktabr 2023, 16:47

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqalararo siyosiy muloqot, savdo, energetika va xavfsizlik kabi sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Tomonlar, shuningdek, sanksiyalardan qochishga qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

AQSh O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga dezinformatsiyaga qarshi kurashda yordam beradi
24 oktabr 2023, 16:33

AQSh O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga dezinformatsiyaga qarshi kurashda yordam beradi

USAID rahbari Samanta Pauer Markaziy Osiyo mamlakatlariga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun 14,3 mln dollar ajratilishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, “OAVni qo‘llab-quvvatlash ham demokratik, ham iqtisodiy islohotdir”.

Investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
24 oktabr 2023, 12:51

Investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Oybek Hamrayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlik istiqbollarini belgilab oldi
24 oktabr 2023, 12:10

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlik istiqbollarini belgilab oldi

USAID administratori Samanta Pauer boshchiligida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh delegatsiyalari iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. “Biz AQShning mintaqaning yanada rivojlanishiga qiziqishini olqishlaymiz”, — dedi O‘zbekiston investitsiyalar vaziri.

“Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va xavfsizligi — umumiy manfaatimizdir” — Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel
24 oktabr 2023, 11:06

“Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va xavfsizligi — umumiy manfaatimizdir” — Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel

Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Markaziy Osiyo davlatlarining TIV rahbarlari bilan uchrashuv arafasida “Gazeta.uz” muxbiri savollariga javob berar ekan, Yevroittifoq mintaqa barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga uning davlatlari bilan hamkorlik orqali hissa qo‘shishni istashini bildirdi.

Samanta Pauer O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi
24 oktabr 2023, 10:51

Samanta Pauer O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi

USAID rahbari Samanta Pauerni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. U so‘nggi yillarda mamlakatda o‘tgan yillardagidan ko‘ra ko‘proq islohotlar amalga oshirilganini ta’kidlab, iqtisodiy islohotlar siyosiy islohotlar bilan birga olib borilayotgani muhimligini ta’kidladi.

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
24 oktabr 2023, 10:12

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 oktabr 2023, 10:08

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga bitta harbiy vertolyot sovg‘a qildi, yana birini ta’mirlab berdi
23 oktabr 2023, 17:32

O‘zbekiston Qirg‘izistonga bitta harbiy vertolyot sovg‘a qildi, yana birini ta’mirlab berdi

2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga MI-8MTV harbiy vertolyotini sovg‘a qilgan. Qirg‘iziston yana bir shunday samolyotni ta’mirlash uchun O‘zbekistonga yuborgan. Mudofaa vazirligi ta’mirlash ishlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan va hozirda ta’mirdan chiqqan vertolyotni Qirg‘izistonga qaytardi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
23 oktabr 2023, 11:34

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi
23 oktabr 2023, 09:55

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Navoyi viloyati hokimi o‘rinbosari Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umidjon Adizov Xatirchi tumaniga hokimi etib tayinlandi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi
23 oktabr 2023, 09:51

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi

Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.

“Har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish kerak” — O‘zbekiston prezidenti
22 oktabr 2023, 19:12

“Har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish kerak” — O‘zbekiston prezidenti

Prezident Shavkat Mirziyoyev “har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish” hamda budjet taqchilligi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi, dedi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov. 2024-yildan boshlab kreditlar to‘liq infratuzilmaga ega tadbirkorlarga beriladi.

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyuradi
22 oktabr 2023, 09:46

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyuradi

23−24-oktabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonda bo‘ladi. U Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi S5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi. Uchrashuv haqida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan S5+1 sammiti chog‘ida e’lon qilindi.

“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident
21 oktabr 2023, 20:42

“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqa tillar va madaniyatlar rivoji bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Shuningdek, u lotinchadagi alifboni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish zarurligini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting