O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

“XKP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi”, — deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida TIV rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqotni o‘tkazadi, deyiladi xabarda.