Bobur Alisher o‘g‘li Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bobur Xudjamov 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini, 2015-yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar vazirlikning Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bobur Xudjamovgacha bu lavozimni 2022-yil sentabridan beri Bahodir Botirov egallab kelayotgan edi. Xabarda u nima sababdan ishga ketganiga aniqlik kiritilmagan.