16-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif davomida iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi.
Shuningdek, ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi, deyiladi xabarda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ma’lumot uchun, davlat rahbari oxirgi marta ushbu viloyatga mart oyida borgandi.