Siyosat

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi
2 noyabr 2023, 09:30

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
2 noyabr 2023, 09:11

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi
1 noyabr 2023, 17:39

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama sammit o‘tkaziladigan Samarqand shahriga bordi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
1 noyabr 2023, 16:20

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Iqboljon Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
1 noyabr 2023, 14:09

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Shu kungacha DXX raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan G‘ayratulla Yoziyev O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur maslahatchining qolgan o‘rinbosarlari Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi bo‘yicha o‘z lavozimlariga qayta tayinlandi.

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi
1 noyabr 2023, 11:10

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi

Niyoz Xazratqulov Sirdaryo viloyati Shirin shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim bo‘lgandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi
1 noyabr 2023, 09:07

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi

Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi
1 noyabr 2023, 08:49

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi

Muxtor Hayitmuradov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim bo‘ldi. U avval rahbarlik qilgan Nishon tumaniga esa qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hokim etib tayinlandi.

Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi
31 oktabr 2023, 20:54

Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi

Prezident Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi, prokurori, ichki ishlar, elektr tarmoqlari va Bosh prokuratura Departamenti bo‘limi rahbarlarini ishdan bo‘shatishni topshirdi. Sababi — ular 10 oy davomida 452 ta mayning qurilmasi orqali 5,5 mln kVt·s elektr energiyasini noqonuniy ishlatilganini payqamagan.

O‘zbekiston madaniyat vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
31 oktabr 2023, 19:57

O‘zbekiston madaniyat vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Adliya vazirligi tizimida ishlab kelayotgan Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln dollar ajratdi
31 oktabr 2023, 17:49

O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln dollar ajratdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar ajratganini ma’lum qildi.

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz — Shavkat Mirziyoyev
31 oktabr 2023, 17:46

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdamligi va uning qabul qilingan rezolyutsiyalarga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, yoshlarni yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi.

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg
31 oktabr 2023, 16:57

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.

Deputatlikka nomzod ayollar ulushini 40 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda
31 oktabr 2023, 15:27

Deputatlikka nomzod ayollar ulushini 40 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
31 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
31 oktabr 2023, 09:59

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi
30 oktabr 2023, 22:31

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi

Prezident Qarshi tumanidagi ta’mirdan chiqqan 12-maktabga tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan ishlardan norozi bo‘lib, bosh vazir o‘rinbosalari Achilbay Ramatov va Jamshid Qo‘chqorovga maktablarni qurish va ta’mirlash jarayonlari hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshirib berdi.

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
30 oktabr 2023, 18:10

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga Asilbek Xudayarov birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Gayane Umerova departament rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Jobir Azimov esa prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
30 oktabr 2023, 12:09

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

Riga shahrida O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligi ochildi. Unga shahardagi O‘zbekiston cavdo uyi rahbari Vladimir Galperin konsul etib tayinlandi.

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?
30 oktabr 2023, 11:33

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?

O‘zbekistonda shaxslar jinoyatda gumonlanib, qo‘lga olinayotganda ularning huquqlari tushuntirilyaptimi? Bloger Olimjon Haydorovga ham Miranda qoidasi o‘qib eshittirildimi? “Gazeta.uz” yangi Konstitutsiya bilan kuchga kirgan ushbu qoida amalda qanchalik ishlayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga so‘rov yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting