Siyosat

Shavkat Mirziyoyevga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” berildi
3 noyabr 2023, 15:17

Shavkat Mirziyoyevga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” berildi

Ostonada o‘tgan sammitda O‘zbekiston prezidentiga “turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlar manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan hissasi uchun” “Turkiy dunyoning oliy ordeni” topshirildi.

Isroil-Falastin muammosining yagona va eng adolatli yechimi “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilidir — O‘zbekiston prezidenti
3 noyabr 2023, 13:09

Isroil-Falastin muammosining yagona va eng adolatli yechimi “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilidir — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”, — dedi u. Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
3 noyabr 2023, 10:47

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari birgalikda daraxt ekdi
2 noyabr 2023, 18:05

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari birgalikda daraxt ekdi

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.

“Siyosatingizni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishga yordam bermoqchimiz”. Emmanuel Makron — O‘zbekiston prezidentiga
2 noyabr 2023, 16:48

“Siyosatingizni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishga yordam bermoqchimiz”. Emmanuel Makron — O‘zbekiston prezidentiga

Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev — Fransiya kompaniyalariga: “O‘zbekistondagi faoliyatingiz prezident va hukumat tomonidan kafolatlanadi”
2 noyabr 2023, 16:18

Shavkat Mirziyoyev — Fransiya kompaniyalariga: “O‘zbekistondagi faoliyatingiz prezident va hukumat tomonidan kafolatlanadi”

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.

O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi bo‘yicha 8 ta hujjat imzolandi
2 noyabr 2023, 14:24

O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi bo‘yicha 8 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.

Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilmoqda
2 noyabr 2023, 13:10

Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari davomida O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi ishga tushishi hamda Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilayotgani e’lon qilindi. Shuningdek, ular Samarqandda Fransiya alyansi filiali ochilishini olqishladi.

Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohi, Samarqandda esa Fransiya alyansi filiali ochiladi
2 noyabr 2023, 12:19

Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohi, Samarqandda esa Fransiya alyansi filiali ochiladi

Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.

Sherobod tumanida hokim almashdi
2 noyabr 2023, 11:48

Sherobod tumanida hokim almashdi

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Usmon Alimov Sherobod tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. Tumanning sobiq hokimi sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

Samarqandda Fransiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
2 noyabr 2023, 11:41

Samarqandda Fransiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi
2 noyabr 2023, 09:30

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
2 noyabr 2023, 09:11

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi
1 noyabr 2023, 17:39

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti bilan uchrashish uchun Samarqandga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama sammit o‘tkaziladigan Samarqand shahriga bordi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
1 noyabr 2023, 16:20

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Iqboljon Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
1 noyabr 2023, 14:09

DXX raisining sobiq o‘rinbosari prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Shu kungacha DXX raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan G‘ayratulla Yoziyev O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur maslahatchining qolgan o‘rinbosarlari Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi bo‘yicha o‘z lavozimlariga qayta tayinlandi.

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi
1 noyabr 2023, 11:10

Niyoz Xazratqulov Shirin shahriga hokim etib tayinlandi

Niyoz Xazratqulov Sirdaryo viloyati Shirin shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim bo‘lgandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi
1 noyabr 2023, 09:07

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi

Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi
1 noyabr 2023, 08:49

Muborak va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlandi

Muxtor Hayitmuradov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim bo‘ldi. U avval rahbarlik qilgan Nishon tumaniga esa qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hokim etib tayinlandi.

Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi
31 oktabr 2023, 20:54

Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi

Prezident Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi, prokurori, ichki ishlar, elektr tarmoqlari va Bosh prokuratura Departamenti bo‘limi rahbarlarini ishdan bo‘shatishni topshirdi. Sababi — ular 10 oy davomida 452 ta mayning qurilmasi orqali 5,5 mln kVt·s elektr energiyasini noqonuniy ishlatilganini payqamagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting