Polkovnik Sharof Urazaliyevich Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Uralov bunga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari — Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Undan avval esa Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bunyod Rajabov bir necha kun avval Xorazmning Urganch shahriga hokim etib tayinlangan.