Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘lgan Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy va Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Lyubomir Frebortning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

O‘mon elchisi bilan muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati ko‘rib chiqildi va hamkorlikni har jihatdan kengaytirish bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Chexiya echlisi bilan o‘tgan uchrashuvda esa hamkorlik yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalar soni o‘sayotganini qayd etildi.