20-noyabr kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yetib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Zafarbek Ahmedov 1969-yilda tug‘ilgan. Xorazm pedagogika institutini (1992-yildan boshlab Urganch davlat universiteti) tamomlagan. Diplomat shu paytga qadar konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

O‘tgan yillar davomida maktabda o‘qituvchi, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, TIV tizimida, jumladan, Pokistondagi elchixonada turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi 2022-yilda ochilgan. Konsullik okrugiga Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari kiradi.