Jahon

Qozog‘istonda “Tolibon” taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi
30 dekabr 2023, 15:46

Qozog‘istonda “Tolibon” taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi

Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.

Rossiya Ukraina shaharlariga ommaviy ravishda raketa zarbalari berdi
29 dekabr 2023, 17:54

Rossiya Ukraina shaharlariga ommaviy ravishda raketa zarbalari berdi

Rossiya armiyasining Ukraina shaharlariga so‘nggi paytlarda bergan eng yirik zarbasi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyev, Lvov, Xarkov, Odessa va Dneprda portlashlar bo‘ldi. “Rossiya o‘z arsenalidagi deyarli hamma narsa bilan zarba berdi”, — dedi Ukraina prezidenti.

Turkiya parlamenti qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi
27 dekabr 2023, 17:16

Turkiya parlamenti qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi

Turkiya parlamentining tegishli qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Endi hujjat parlament a’zolarining umumiy ovoziga qo‘yiladi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq hujjatning yakuniy ratifikatsiyasini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Anqaraga sotish bilan bog‘lagan edi.

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga ko‘chirdi
26 dekabr 2023, 22:43

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga ko‘chirdi

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazish jarayonini yakunladi. Avvalroq mamlakat rasmiylari domenni respublikadan tashqarida joylashgani sababli vaqtincha o‘chirib qo‘ygandi.

Pokiston havo ifloslanishiga qarshi kurashishda sun’iy yomg‘irdan foydalandi
26 dekabr 2023, 11:31

Pokiston havo ifloslanishiga qarshi kurashishda sun’iy yomg‘irdan foydalandi

Pokiston hukumati Lahordagi havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun ilk bor sun’iy yomg‘ir yog‘dirdi. Jarayon bir muddat havo sifatini yaxshiladi, ammo bu ko‘pga cho‘zilmadi. Faollar atrof-muhit ifloslanishini daraxtlar kesilishi, qurilish ishlari va chiqindi gazlar bilan bog‘lamoqda.

Qirg‘iziston prezidenti davlat bayrog‘i bo‘yicha o‘zgarishni ma’qulladi
22 dekabr 2023, 22:33

Qirg‘iziston prezidenti davlat bayrog‘i bo‘yicha o‘zgarishni ma’qulladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Endi bayroqdagi quyoshning to‘lqinli nurlari to‘g‘ri holatda bo‘ladi. Bayroqning eski versiyasidagi quyosh, Japarovning so‘zlariga ko‘ra, “kungaboqarga o‘xshab ketardi”.

Moldova 2024-yil oxirigacha MDHdan chiqmoqchi
21 dekabr 2023, 22:08

Moldova 2024-yil oxirigacha MDHdan chiqmoqchi

Kelasi yil oxirigacha Moldova MDHdan chiqish jarayonini yakunlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat allaqachon tashkilot doirasidagi o‘nlab kelishuvlarni denonsatsiya qilgan. Kishinyov Yevropa Ittifoqiga kirishga hozirlik ko‘rmoqda.

Kolorado sudi Donald Trampga shtatda prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqladi
21 dekabr 2023, 18:09

Kolorado sudi Donald Trampga shtatda prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqladi

AQShning Kolorado shtati sudi 2021-yilda Kapitoliyga bostirib kirganlikda ayblab sobiq prezident Donald Trampga bo‘lajak saylovlarning ushbu shtatdagi jarayonlarida qatnashishni taqiqladi. Bu shu turdagi ilk sud qarori bo‘lib, saylovoldi poygasiga ta’sir qilishi mumkin, deydi OAV va tahlilchilar.

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
20 dekabr 2023, 23:54

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni muhokamalarsiz qabul qildi. Rasmiylar bayroqdagi quyosh nurlari shaklini ba’zilar kungaboqarga o‘xshatgani sababli o‘zgartirmoqchi. Prezident bu uning tashabbusi ekanini tan olib, o‘zgarishlar uchun “ko‘p mablag‘ kerak emasligini” aytdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
19 dekabr 2023, 16:15

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Yevropa Ittifoqi “Mikrotex” egasi va bosh direktori Andrey Xoxlunga nisbatan sanksiya kiritdi. O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Yevropadan yarimo‘tkazgichlarni reeksport qilish orqali Rossiya harbiy sanoatiga yordam berishda ayblangan. sentabrda AQSh ham Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.

Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
19 dekabr 2023, 12:02

Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Seshanbaga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida hozircha 118 kishi halok bo‘lgani, 500 nafardan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini tasdiqladi
19 dekabr 2023, 10:01

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini tasdiqladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi. U Rossiyadan zargarlik buyumlari olmoslarini olib kirishni, shuningdek, o‘ta nozik tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni taqiqlashdan iborat.

Abdulfattoh as-Sisi uchinchi marta Misr prezidenti etib saylandi
18 dekabr 2023, 20:21

Abdulfattoh as-Sisi uchinchi marta Misr prezidenti etib saylandi

Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10−12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 89,6 foiz ovoz to‘pladi. Bu Sisining uchinchi prezidentlik muddati hisoblanadi.

Kuvayt amiri 86 yoshida vafot etdi
17 dekabr 2023, 11:26

Kuvayt amiri 86 yoshida vafot etdi

2020-yildan buyon Kuvayt amiri bo‘lib kelgan Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Noyabr oxirida u sog‘lig‘i bilan favqulodda yuzaga kelgan muammo tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi
15 dekabr 2023, 17:29

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

Yevropa yetakchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Ittifoqqa Ukraina qo‘shilishiga avval qarshi chiqqan Vengriya bu qarorga to‘sqinlik qilmadi.

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi
15 dekabr 2023, 14:37

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi

Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.

O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi
13 dekabr 2023, 15:40

O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Braziliya va BAA qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSh yana qarshi chiqdi.

Kiyevda 50 dan ortiq odam raketa hujumi oqibatida jarohat oldi
13 dekabr 2023, 14:50

Kiyevda 50 dan ortiq odam raketa hujumi oqibatida jarohat oldi

13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga raketa hujumini uyushtirdi. Hodisa oqibatida 53 kishi jarohat oldi, qator obyektlarga zarar yetdi.

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi
11 dekabr 2023, 14:38

IFJ: 2023-yilda 100 ga yaqin jurnalist o‘ldirildi

2023-yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 94 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘ldi, ularning aksariyati G‘azo urushi qurboni sanaladi. 400 ga yaqin jurnalist turli mamlakatlar qamoqxonalarida qolmoqda.

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi
9 dekabr 2023, 11:45

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting