Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi Mehr agentligi.

Shuningdek, bortdagilarning hammasi, jumladan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va Oyatulloh Muhammad Ali Ale-Hoshem ham halok bo‘lgani aytilgan.

Raisiy va vertolyotda bo‘lganlarning o‘limi, bundan tashqari, Eron rasmiysining Reuters bilan suhbatida tasdiqlagan.

Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qutqaruvchilar halokat joyida hayot belgilarini topmaganini aytdi.

Yakshanba kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ngandi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirgandi.

Raisiy 2021-yil 5-avgustdan buyon Eronga prezidentlik qilib kelayotgandi.